Jizzax somsasini tayyorlash
Hammamizga ma’lumki, Jizzax somsasi yurtimizda juda mashhur taomlardan biridir. Ushbu maqolada Jizzax somsasi qanday tayyorlanishi to’g’risida bilib olasiz.
Un, tuxum va sariyog’dan iborat xamir qoriladi. Xamir 30 daqiqa tindirib qo’yiladi.
Asosiy masalliq go’sht o’rtacha to’rtburchak simon qilib to’g’ralasi. Quyruq yog’i ham to’rtburchak qilib to’g’raladi. Piyoz ham yirik shaklda to’g’raladi.
Ikkala masalliq qo’shilib, somsa ichiga solinadigan qorishma paydo bo’ladi. Qorishmaga tuz, zira, kashnich, murch kabi ziravorlar qo’shiladi. Yahshilab aralashtiriladi.
Tindirilgan xamirni bo’laklarga bo’lib, aylanasimon va o’rtacha shaklda bo’lib olinib, yoziladi.
Yozilgan xamirga masalliq va masalliq o’rtasiga bitta to’g’ralgan quyruq yog’i qo’shiladi va tugiladi.
Tugilgan somsa ustiga sedana ham sepish mumkin.
Qizdirilgan tandirga somsalarni yopishtirib, o’rtacha bir soat pishiriladi. So’ngra somsalar uzilib olinadi va issig’ida somsa ustiga o’simlik yog’i quyiladi.
Yoqimli ishtaga!
0 комментариев