Dangasa somsa
Yaqinda biz qiziqarli retsept bo’yicha somsa tayyorladik va uni siz bilan baham ko’rishni istadik. Qatlamali xamirdan tayyorlangan go’shtli somsa – juda mazali bo’lib pishadi.
Xamirni uzoq tayyorlashingiz va undan somsalar hosil qilishingiz shart emas, tayyorlash jarayoni juda oson bo’lib, natijasi sizni xursand qiladi.
Masalliqlar:
Adjust Servings:
6-8
XAMIRIGA
500 gramm un
150 gramm Maselkodan qatlamali xamirga moljallangan margarin
200 gramm smetana
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qabartma
ASOSIGA
300 gramm mol goshtidan qiyma
200 gramm piyoz
10 ta qaynatilgan bedana tuxumi
150 gramm pomidor
tabga kora tuz va murch
ustiga suritish uchun tuxum
ustiga sepish uchun kunjut
Qadam 1
Xamir tayyorlaymiz:
Idishda un, qabartma va tuzni aralashtiramiz. Smetana va eritilgan margarinni qoshamiz.
Xamir qorib, 30 daqiqaga chetga olib qoyamiz.
Qadam 2
Asosini tayyorlaymiz:
Idishda qiyma, piyoz va pomidorni aralashtiramiz. Tuz va murch sepamiz. Aralashtirib, muzlatgichga yuboramiz.
Qadam 3
Xamirni 3 mm qalinlikda yoyib, 3 ta togri tortburchaklarga bolib olamiz.
Qadam 4
Har bir tortburchaklar ortasiga goshtning uchdan birini uzunasiga qoyamiz, 4 tomondan xamirning yonlari bosh qolishi kerak.
Qadam 5
Qiymaga bir qator qilib, qaynatilgan tuxumlarni qoyib chiqamiz.
Qadam 6
Xamir chetlarini yopib, rulet holatiga keltiramiz. Ruletni gaz pechi patnisiga tugilgan joyini pastga qilib joylashtiramiz. Ustiga tuxum suritib, kunjut sepamiz.
Qadam 7
180 darajada qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqa pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Reklama huquqi asosida
Yanada koproq retseptlar — zira.uz da
Facebook: www.fb.com/zirauz
Instagram: www.instagram.com/zirauz/
Ozbek tilidagi telegram: t.me/zirauzuz
Rus tilidagi telegram: t.me/zirauz
Telegramdagi guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat raqami: ( 99899) 837−15−15
Reklama bolimi raqami: ( 99878) 148−14−15
0 комментариев